O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi bilan uchrashuv

CAEx jamoasi O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi bilan uchrashuv

30.04.2026

8-aprel kuni CAEx operatsion direktori Mehmet Dukkanjı, uning assistenti Alisher Musayevhamda CAEx Food & HoReCa loyihasi savdo menejeri Murad Ahmadaliyev O‘zbekistonoshpazlar uyushmasi ofisiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida hamkorlik istiqbollari va oshpazlarning CAEx Food & HoReCa 2027 ko‘rgazmasida ishtiroki masalalari muhokama qilindi. CAEx jamoasi uyushma vakillariniyaqinlashib kelayotgan oshpazlar tanlovida ishtirok etishga taklif qildi.

Shuningdek, uyushma prezidenti Akbar Xamdamovich Umarov bilan birgalikda xalqarooshpazlar tanlovini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Mazkur loyiha CAEx vauyushma o‘rtasidagi yangi qo‘shma tashabbusga aylanishi mumkin.