Turkiya elchixonasiga xizmat tashrifi

CAEx Turkiya bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda: O‘zbekistondagi Turkiya elchixonasiga xizmat tashrifi

Turkiya elchixonasiga xizmat tashrifi

30.04.2026

9-aprel kuni CAEx rahbariyati Toshkent shahridagi Turkiya elchixonasida xizmatuchrashuvini o‘tkazdi. Operatsion direktor Mehmet Dukkanjı hamda xalqaro biznesnirivojlantirish bo‘yicha menejer Mirfotih Sobirov Turkiya elchixonasining Bosh savdomaslahatchisi Ahmet Melih Horata bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida CAEx jamoasi kompaniyaning asosiy loyihalarini taqdim etdi:
● CAEx Mebel & Decor
● CAEx Build & Co
● CAEx Food & HoReCa
● CAEx Baraka Friday

Alohida e’tibor turk kompaniyalarining CAEx loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarigaqaratildi — milliy pavilyonlar tarkibida hamda individual ishtirokchi sifatida.

Ahmet Melih Horata janoblari CAEx delegatsiyasiga tashrif va hamkorlikni rivojlantirishgabo‘lgan qiziqish uchun minnatdorchilik bildirdi. O‘z navbatida, Mehmet Dukkanjı iliq qabuluchun tashakkur bildirib, CAEx xalqaro ko‘rgazma markazi sifatida turk biznesi bilanhamkorlikka ochiqligini ta’kidladi. Shuningdek, u CAEx maydonida yangi qo‘shmaloyihalarni amalga oshirish uchun turkiyalik ko‘rgazma tashkilotchilari bilan hamkorlikqilishga tayyor ekanini bildirdi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ko‘rgazma sanoatida ishbilarmonlikaloqalarini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘lib, xalqaro hamkorlik vabiznes rivoji uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi.