CAEx jamoasi O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi bilan uchrashuv
8-aprel kuni CAEx operatsion direktori Mehmet Dukkanjı, uning assistenti Alisher Musayev hamda CAEx Food & HoReCa loyihasi savdo menejeri Murad Ahmadaliyev O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi ofisiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida hamkorlik istiqbollari va oshpazlarning CAEx Food & HoReCa 2027 ko‘rgazmasida ishtiroki masalalari muhokama qilindi. CAEx jamoasi uyushma vakillarini yaqinlashib kelayotgan oshpazlar tanlovida ishtirok etishga taklif qildi.
Shuningdek, uyushma prezidenti Akbar Xamdamovich Umarov bilan birgalikda xalqaro oshpazlar tanlovini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Mazkur loyiha CAEx va uyushma o‘rtasidagi yangi qo‘shma tashabbusga aylanishi mumkin.
