O’zbekiston — biznes imkoniyatlarining yangi markazi. CAEx — tadbirlaringiz uchun makon
O’zbekistonni xalqaro ko’rgazmalar, konferensiyalar va biznes tadbirlari uchun yangi yo’nalish sifatida kashf eting — navbatdagi tadbiringiz uchun CAEx’ni tanlang.
CAEx — Bridge to Asia
Biz Markaziy Osiyoni butun dunyo bilan — uning insonlari, madaniyati va yangi imkoniyatlari bilan bog’laydigan makon yaratamiz.
CAEx mintaqaning markazida joylashgan bo’lib, O’zbekistonni yangi nuqtayi nazardan kashf etish — uning salohiyati, rang-barangligi va xalqaro biznes bilan tobora rivojlanib borayotgan aloqalarini ochish imkonini beradi.
Bu yerda insonlar uchrashadi, g’oyalar paydo bo’ladi va yangi biznes aloqalari shakllanadi.
Nega O’zbekiston?
38 mln+ aholi
38 milliondan ortiq aholiga ega O’zbekiston Markaziy Osiyoning eng yirik iste’mol bozorlaridan biri hisoblanadi.
Strategik joylashuv
O’zbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan bo’lib, mintaqa bozorlariga qulay kirish imkonini beradi hamda xalqaro biznes va ishbilarmonlik turizmini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi.
Jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot
O’zbekiston iqtisodiyoti qurilish, sanoat, savdo va xizmatlar sohasi kabi asosiy yo’nalishlarda izchil rivojlanmoqda. 2025-yilda mamlakat YaIMi 7,7% ga, bozor xizmatlari hajmi 14,7% ga, qurilish sohasi esa 14,2% ga o’sdi.
Yosh aholi
O’zbekiston aholisining 60% dan ortig’ini 30 yoshgacha bo’lganlar tashkil etadi. Yosh va faol aholi mamlakatda dinamik iste’mol bozorini hamda biznes va investitsiyalar uchun istiqbolli muhitni shakllantiradi.
Zamonaviy infratuzilma
Rivojlangan biznes va transport infratuzilmasi O’zbekistonni xalqaro kompaniyalar, eksponentlar va tashrif buyuruvchilar uchun tobora qulay yo’nalishga aylantirmoqda.
Nega CAEx?
CAEx — Toshkent shahrida joylashgan zamonaviy ko’p funksiyali ko’rgazma markazi bo’lib, turli format va ko’lamdagi tadbirlarni o’tkazish uchun yaratilgan.
Markazning umumiy maydoni 23 000 kv. metrni, asosiy ko’rgazma pavilyoni maydoni esa 18 000 kv. metrni tashkil etadi. Keng maydon va puxta o’ylangan infratuzilma xalqaro ko’rgazmalar, konferensiyalar va kongresslardan tortib, korporativ tadbirlar, festivallar, konsertlar, sport tadbirlari va yopiq formatdagi tadbirlargacha bo’lgan turli loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi.
CAEx ko’lam, funksionallik va tashkilotchilarning vazifalari hamda mehmonlarning ehtiyojlariga mos tadbirlarni yaratish imkoniyatlarini birlashtiradi.

Ta’sirchan arxitektura
Ko’rgazma majmuasining o’ziga xos arxitekturasi Sharq me’morchiligi va zamonaviylik uyg’unligini namoyon etadi. Bu — O’zbekistonning boy madaniy an’analari va tarixiga bo’lgan hurmatni zamonaviy me’moriy yechimlarda aks ettiruvchi makon.
Pavilyon imkoniyatlari
18 000 m² maydonga ega CAEx pavilyoni ko’rgazmalar, konsertlar, festivallar, kongresslar, forumlar, korporativ va boshqa yirik tadbirlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan. 11 metr balandlikdagi shiftlar, 6×6 metr o’lchamdagi uchta texnik darvoza hamda har 1 m² uchun 3 tonnagacha yuklamaga mo’ljallangan pol konstruksiyasi makonni erkin transformatsiya qilish va turli darajadagi murakkab loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. Yil davomida qulay sharoitni «qish—yoz» iqlim nazorati tizimi va 500 LUX gacha bo’lgan zamonaviy yoritish tizimi ta’minlaydi. Tadbirlar davomida pavilyon hududida mehmonlar va ishtirokchilar uchun o’zbek va Yevropa taomlari, fast food hamda qahvaxonani taklif etuvchi to’rtta ovqatlanish nuqtasi faoliyat yuritadi.


Foye
Binoning oq marmar, yog’och va shishani uyg’unlashtirgan zamonaviy interyeri turli ko’lamdagi tadbirlar uchun munosib va taqdimotbop muhit yaratadi. Birinchi taassurotni rivojlangan infratuzilma to’ldiradi: birinchi qavatda mehmonlar uchun keng garderob, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashga mo’ljallangan press-markaz va tibbiy punkt joylashgan. Ikkinchi qavatda esa sakkizta alohida muzokara xonasi va zamonaviy konferens-zaldan iborat biznes zonasi mavjud. Ikki qavatli holning umumiy maydoni — 5 000 m².
Muhim uchrashuvlar uchun makon
Sakkizta muzokara xonasi biznes uchrashuvlari, muzokaralar va muhim muhokamalar uchun qulay hamda maxfiy muhit yaratadi. Yuqori darajadagi qulaylik va maxfiylikni qadrlaydigan mehmonlar uchun VIP muzokara xonalari ham mavjud.


Muloqot uchun makon
70 kishigacha bo’lgan konferens-zal tafsilotlarga e’tibor va jonli muloqot muhim bo’lgan ixcham tadbirlar uchun mo’ljallangan. Qulay muhit ochiq muloqot, biznes muhokamalari va auditoriya bilan samarali ishlash uchun sharoit yaratadi.
Oddiy avtoturargohdan ko’proq
CAEx’ning 3,5 gektar maydonni egallagan avtoturargohi 700 dan ortiq avtomobil, jumladan 15 ta VIP o’rin uchun mo’ljallangan. Keng ochiq maydon tufayli avtoturargohdan nafaqat o’z maqsadida, balki yirik tadbirlar uchun qo’shimcha makon sifatida ham foydalanish mumkin. Bu yerda avval Pepsi Music Fest 2025 va MotoFest 2026 kabi yirik tadbirlar o’tkazilgan.

Ko’p funksiyali tadbir maydoni
CAEx — tadbiringiz formati, ko’lami va konsepsiyasiga moslasha oladigan makon.

Ko’rgazmalar
CAEx maydoni va infratuzilmasi yirik xalqaro va sohaviy ko’rgazmalar, yarmarkalar, mahsulot taqdimotlari va yangi ishlanmalar namoyishini tashkil etish imkonini beradi.

Konferensiyalar va kongresslar
Har qanday ko’lamdagi biznes dasturini tashkil etish imkoniyatlari: sahna va tomoshabinlarni joylashtirish, ishtirokchilarni ro’yxatdan o’tkazish, biznes sessiyalar, muzokaralar va networking uchun zarur sharoitlar.

Konsertlar va festivallar
Keng tomoshabinlar zonalari, sahna va texnik infratuzilma yirik musiqiy, madaniy va ko’ngilochar tadbirlarni o’tkazish imkonini beradi.

Korporativ tadbirlar
Maydon kompaniyaning korporativ uslubi va tadbir formatiga moslashtirilishi mumkin — taqdimotlar va biznes uchrashuvlaridan tortib, korporativ tadbirlargacha.

Maxsus loyihalar
Nostandart konsepsiyalar, masshtabli sahnalashtirishlar, brend-aktivatsiyalar, shou-dasturlar va makonni tashkil etishda alohida yondashuvni talab qiladigan boshqa loyihalar uchun moslashuvchan yechimlar.

Xususiy tadbirlar
CAEx to’ylar, yubileylar, gala-kechalar, bayram tadbirlari va ko’lam, qulaylik hamda individual muhit muhim bo’lgan boshqa maxsus tadbirlar uchun ham mos keladi.

CAEx — yangi Toshkent rivojlanayotgan makon!
CAEx poytaxtning yangi biznes klasterida joylashgan bo’lib, bu yerda yirik loyihalar, zamonaviy infratuzilma va xalqaro biznes tashabbuslari jadal rivojlanmoqda. Markaz qarshisida Olimpiya shaharchasi, yaqin atrofda esa «Yangi O’zbekiston» bog’i, Central Asian University va zamonaviy mehmonxonalar joylashgan. Bu esa CAEx’ni yirik tadbirlarni o’tkazish va mehmonlarni qabul qilish uchun qulay lokatsiyaga aylantiradi.
CAEx — Bridge to Asia
Insonlarni birlashtiramiz. Biznes va sohalarni bog’laymiz. Imkoniyatlar yaratamiz.
Tadbiringizni CAEx’da o’tkazishni xohlaysizmi?
Ariza qoldiring va bepul maslahat oling.
