Comtrux Tashkent 2026

Sana

2026-yil 21–23-oktabr

Tashkilotchi

BMCA

Ish vaqti

O’zbekiston va Markaziy Osiyodagi muhim voqea — Yuk va tijorat transporti xalqaro ko’rgazmasi 2026-yil 21-23-oktabr kunlari Toshkentda, Central Asian Expo (CAEx) xalqaro ko’rgazmalar markazida bo’lib o’tadi.

Comtrux Tashkent — O’zbekiston va Markaziy Osiyodagi tijorat transporti, avtobuslar va maxsus texnikalarning yetakchi xalqaro ko’rgazmasidir. Ko’rgazma mintaqaning eng jadal rivojlanayotgan bozorlaridan birida sohaning asosiy ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va mutaxassislarini birlashtiradi.

Tadbir Automechanika Tashkent 2026 (ehtiyot qismlar, avtokomponentlar, uskunalar va avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish mahsulotlari xalqaro ko’rgazmasi) hamda Eurasian Construction Technology Tashkent 2026 (qurilish texnikasi va uskunalari xalqaro ko’rgazmasi) bilan bir vaqtda bo’lib o’tadi.

Comtrux Tashkent — bu mahsulotlarni namoyish etish, yangi mijozlar bilan bevosita aloqalar o’rnatish hamda mintaqada biznesni rivojlantirish uchun ishonchli hamkorlar yoki distribyutorlar topish imkoniyatidir.