20-22 may kunlari

CAEx Mebel & Décor 2027: mebel va dekor ko‘rgazmasi 20–22-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi

Tadbir holati: Tayyorgarlik

CAEx Mebel & Décor 2027


CAEx Mebel & Décor 2027: mebel va dekor ko‘rgazmasi 20–22-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi

2027-yil 20–22-may kunlari Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) ko‘rgazmalar markazida 5-Xalqaro mebel va dekor ko‘rgazmasi — CAEx Mebel & Décor 2027 bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir mebel sanoatining muhim voqealaridan biri bo‘lib, yagona biznes maydonida mebel ishlab chiqaruvchilari, dizaynerlar, riteylerlar hamda uy uchun mahsulotlar, mebel va dekor elementlarini taqdim etuvchi distribyutorlarni birlashtirishga qaratilgan.

Biznes va soha rivoji uchun platforma

Ko‘rgazma ishtirokchilari o‘z mahsulotlarini namoyish etish, zamonaviy kolleksiyalarni taqdim qilish, auditoriyani interyer dizaynidagi dolzarb trendlar bilan tanishtirish hamda yangi biznes aloqalarni o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasi mebel va interyer sanoatining asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi:

● Uy va biznes uchun tayyor mebellar;

● Mebel furniturasi va butlovchi qismlar;

● Pardozlash materiallari va pol qoplamalari;

● Dekor, tekstil, yoritish vositalari va interyer buyumlari;

● Mebel va interyer matolari;

● Maishiy texnika va uy uchun aksessuarlar;

● Mebel ishlab chiqarish uskunalari va stanoklari.

● Ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilar uchun imkoniyatlar

CAEx Mebel & Décor 2027 qulay showroom formatini taklif etadi. Unda mahsulotlar umumiy trend-zona hamda individual vitrinalarda namoyish etiladi. Bunday format maqsadli auditoriyani maksimal darajada qamrab olish, raqobat ustunliklarini ko‘rsatish va potensial mijozlar hamda hamkorlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Tashrif buyuruvchilar uchun esa bu bir maydonda mebel va interyer dizaynidagi eng so‘nggi trendlar bilan tanishish imkoniyatidir. Qulay format mashhur brendlar mahsulotlarini ko‘rish, kompaniya vakillariga savollar berish, professional maslahatlar olish hamda uy yoki biznes uchun eng maqbul yechimlarni tanlash imkonini yaratadi.

Ko‘rgazmaga soha mutaxassislari uchun kirish bepul.