InnoWeek2026

Yangi g‘oyalar, ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlar bir maydonda!

27–29-oktabr kunlari InnoWeek-2026 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi.

InnoWeek — ilm-fan, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi yangi ishlanmalarni namoyish etish, ilg‘or g‘oyalar bilan tanishish, tajriba almashish va yangi hamkorliklar uchun imkoniyat yaratadigan yirik xalqaro tadbir.

Haftalik davomida innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi, B2B uchrashuvlar, ilmiy va amaliy tadbirlar, texnologik namoyishlar, interaktiv loyihalar hamda turli yo‘nalishlardagi uchrashuvlar tashkil etiladi.

Ishtirokchilar yangi texnologiyalar va innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishish, istiqbolli loyihalarni kashf etish, soha vakillari bilan fikr va tajriba almashish hamda yangi professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

InnoWeek kimlar uchun?

InnoWeek — olimlar va tadqiqotchilar, innovatorlar, tadbirkorlar, startaplar vakillari, texnologiya mutaxassislari, talabalar hamda zamonaviy texnologiyalarga qiziqadigan barcha uchun yangi bilim, g‘oya va imkoniyatlarni kashf etish makoni.

Innovatsion yechimlarni izlayotgan yoki yangi loyihalarni rivojlantirishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar bu yerda zamonaviy texnologiyalar, istiqbolli ishlanmalar va yangi biznes g‘oyalari bilan tanishishi, potensial hamkorlar bilan muloqot qilishi mumkin.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘z ishlanma va g‘oyalarini namoyish etish, tajriba almashish va kelgusidagi hamkorliklar uchun yangi aloqalar o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Innovatsiyalarni birgalikda kashf eting!

InnoWeek-2026
— yangi bilimlar, yangi tanishuvlar, yangi g‘oyalar va yangi imkoniyatlar uchrashadigan tadbir.

27–29-oktabr kunlari InnoWeek 2026’da bo‘ling — innovatsion g‘oyalar bilan tanishing, yangi imkoniyatlarni kashf eting va kelajak uchun hamkorliklarni bugundan boshlang!