Innoweek 2026
“Innoweek.uz” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi 2018-yildan buyon O‘zbekistonda innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga innovatsiyalar va texnologiyalarni keng joriy etish, inson kapitali, fan va innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida o‘tkazib kelinmoqda.
O‘tgan davr mobaynida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida tadbir rivojlanib, Markaziy Osiyoda ilg‘or innovatsiyalarni namoyish etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi yirik platformaga aylandi.
Har yili tadbir mahalliy va xalqaro kompaniyalar, investorlar, diplomatlar, tadbirkorlar, olimlar, startaplar, texnologiya sohasi ekspertlari hamda davlat organlari vakillarini bir maydonda birlashtiradi. Shuningdek, “Innoweek.uz” innovatsiyalar sohasi yetakchilari, hamkorlik va investitsiyalardan manfaatdor tomonlar bilan muloqot qilish uchun samarali platforma hisoblanadi.
Batafsil ma’lumot uchun tashkilotchining rasmiy saytiga tashrif buyuring:
innoweek.uz
